Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shayx Ahmad Tayyibga sovg‘a-salom yo‘lladi

Samarqandda o‘tkazilayotgan “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiyada yuqori martabali mehmon, dunyoga mashhur “Al-Azhar” majmuasi rahbari, Misr Bosh imomi Shayx Ahmad Tayyib ham ishtirok etmoqda.

Anjumanning ochilish marosimida Shayx Ahmad Tayyib janoblariga Samarqand shahrining faxriy fuqarosi unvoni berilgan edi.

Tanaffus chog‘ida “Al-Azhar” majmuasi rahbariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ezgu tilaklari yozilgan nomasi va Burhoniddin Marg‘inoniy “Hidoya” asarining XIII asrga oid nusxasi - faksimilesi topshirildi.

Shayx Ahmad Tayyib ushbu yuksak e’tibor uchun minnatdorligini qayd etib, Prezidentimizga ham o‘zining cheksiz ehtiromini bildirdi. Tuhfa qilingan noyob kitob esa “Al-Azhar” majmuasida qimmatli tarixiy manbaa sifatida o‘rganilishi va yanada keng tadqiq etilishini ma’lum qildi.