Samarqand shahrida giyohvandlik o‘simligi yetishtirayotgan shaxs aniqlandi
- 15.08.2020 14:20
- 576
- Jinoyat va jazo

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2020 yil 14 avgust kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 5-son IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-profilaktik chora-tadbirlar natijasida Samarqand shahar Beruniy ko‘chasida yashovchi, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 4-qismi bilan sudlangan, 1974 yilda tug‘ilgan S.V., shu yilning mart oyidan buyon 1 million so‘m evaziga shaharning Movarounnahr ko‘chasida joylashgan uylarning birini fuqaro M.A.dan ijaraga olib, u yerda “kannabis” giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 2 soat avval
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 14:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 18:38
- Ta’lim