Samarqandda Ichki ishlar xodimlari sport normativ sinovlarini topshirdi (foto)

Samarqand viloyat IIB YHXB xodimlari jangovar shayligini oshirish maqsadida sport normativ sinovlarini topshirdi.

Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida o‘tkazilgan sinovlarda soha xodimlari turnikka tortinish, 100 va 3 ming metr masofaga yugurish kabi sport mashqlarini bajardi. Shuningdek, YPX xodimlari xizmat faoliyatiga oid test sinovlarini ham topshirish rejalashtirilgan.