"Shahzodaning bolalik podsholigi" 100 nafar kichkintoyni o‘z bag‘riga oldi

Oqdaryo tumani Po‘latdarxon mahallasida 100 o‘rinli davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi.

"Shahzodaning bolalik podsholigi" deb nomlangan mazkur bog‘chaning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov, tuman hokimi F.Abilov hamda tumandan barcha maktabgacha ta’lim muassasalari mudiralari ishtirok etdi.

Ikki qavatdan iborat zamonaviy va ko‘rkam muassasada bolajonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ularga chet tillarini o‘rgatish maqsadida ingliz tili to‘garagi tashkil etilgan. Ayniqsa, bolalarning har tomonlama sog‘lom voyaga yetishlari uchun bog‘chada futbol maydonchasi, yozgi va qishki o‘yingohlar, tadbirlar o‘tkazish uchun tomosha zallari barpo etilgan.

Alisher MAJIDOV.