Viloyat Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi 23 aprel kuni o‘tkaziladi
Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning 20 aprelda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma to‘qqizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 martdagi “Respublikadagi kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosi yuzasidan viloyat prokurori M.Eshnazarovning 2026 yilning birinchi chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti haqida;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 martdagi “Respublikadagi kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosi yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i T.Aripovning 2026 yilning birinchi chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti haqida;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
• Viloyatda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniyevning hisoboti haqida;
• “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining viloyatdagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Egamovning hisoboti haqida;
• Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Jomboy, Oqdaryo, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Narpay, Payariq, Past Darg‘om, Paxtachi, Samarqand, Nurobod, Urgut, Toyloq tumanlaridagi shahar, shaharcha va qishloqlar (ma’muriy-hududiy birliklar) chegaralarini belgilash to‘g‘risida;
• Samarqand viloyatida 2026 yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
• Samarqand shahridagi jamoat transporti tizimida yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni rag‘batlantiruvchi tariflarni joriy etish to‘g‘risida;
• O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;
• Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
• Viloyat mahalliy byudjetining 2026 yil 1 yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;
• Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;
• Kattaqo‘rg‘on shahridagi birlashtirish va ixchamlashtirishga tushgan mahallalarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida;
• Bulung‘ur tumanidagi birlashtirish va ixchamlashtirishga tushgan mahallalarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida;
• Samarqand shahri Nurli yo‘l mahallasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
• Viloyatda 2026 yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida ijobiy xabarnoma berilgan fuqarolarning ro‘yxatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
• Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari tomonidan 2026 yil birinchi chorakda yuborilgan deputatlik so‘rovlarining samaradorligi va natijadorligi to‘g‘risida.