1 foizli soliq stavkasi, 5 yilgacha imtiyozli kredit va 3 yilgacha bojxona imtiyozlari: Shavkat Mirziyoyev chiqindini qayta ishlovchilarga beriladigan yengilliklar haqda gapirdi

Prezident joriy yilda maishiy chiqindi to‘plash qamrovini 95 foizga, qayta ishlash hajmini 40 foizga, xususiy sektor ulushini 50 foizga yetkazish vazifasini qo‘ydi. Buning uchun:

- import qilinadigan maxsus texnika, butlovchi va ehtiyot qismlar bojxona bojidan 3 yilga ozod etiladi;

- saralash va qayta ishlash texnikasi xaridi uchun 5 yilgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi va qayta moliyalashtirish stavkasidan oshgan qismi qoplab beriladi;

- chiqindini qayta ishlashga qodir klasterlarga yer, mol-mulk va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz qilib belgilanadi;

- klasterlarni tashkil etish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi, ularga o‘z hududidagi chiqindilarni qayta ishlash darajasini kamida 40 foizga olib chiqish talabi qo‘yiladi;

- 1 martga qadar 51 tuman va shaharda xususiy sherikchilik asosida jami 38 ta korxona tashkil etish bo‘yicha tanlovlar boshlanadi, yil yakuniga qadar ushbu hududlar uchun 500 ta maxsus transport xarid qilinadi;

- 1 oktyabrga qadar ijtimoiy muassasalar va bozorlarga 8 mingta, kelgusi yil 1 mayga qadar 11 mingta konteyner o‘rnatiladi.