1 iyundan yo‘l harakati qoidasini buzganlik uchun jarimalar o‘zgaradi
Bazaviy hisoblash miqdori oshishi ortidan yo‘l harakati qoidasini buzganlik uchun jarima ham oshadi.
1 iyundan boshlab davlat xizmatlari uchun soliqlar, yig‘imlar, bojlar, jarimalar va to‘lovlar miqdorini aniqlashda ishlatiladigan BHM 270 ming so‘mdan 300 ming so‘mga oshgani haqida xabar berilgan edi.
Unga ko‘ra, o‘sha kundan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun quyidagi jarimalar belgilanadi:
- texnik ko‘rik, "aptechka" — 150 ming so‘m (ayni vaqtda 135 ming so‘m);
- xavfsizlik kamarini taqmaslik — 150 ming so‘m (ayni vaqtda 135 ming so‘m);
- hujjatsiz yurish — 300 ming so‘m (ayni vaqtda 270 ming so‘m);
- sug‘urtasiz haydash — 300 ming so‘m (ayni vaqtda 270 ming so‘m);
- "Qizil"dan o‘tish — 600 ming so‘m (ayni vaqtda 540 ming so‘m);
- noto‘g‘ri “parkovka”— 600 ming so‘m (ayni vaqtda 540 ming so‘m);
- telefonda gaplashish — 900 ming so‘m (ayni vaqtda 810 ming so‘m);
- raqamsiz haydash — 1 mln 500 ming so‘m (ayni vaqtda 1 mln 350 ming so‘m);
- tezlikni oshirish (20 km/s) — 300 ming so‘m (ayni vaqtda 270 ming so‘m);
- tezlikni oshirish (20-40 km/s) — 1 mln 500 ming so‘m (ayni vaqtda 1 mln 350 ming so‘m);
- tezlikni oshirish (+40 km/s) — 2 mln 700 ming so‘m (ayni vaqtda 2 mln 430 ming so‘m);
- qarama-qarshi harakatlanish — 3 mln so‘m (ayni vaqtda 2 mln 700 ming so‘m);
- mast holda haydash — 7 mln 500 ming so‘m yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish (ayni vaqtda 6 mln 750 ming so‘m);
- mastlik tekshiruvidan bosh tortish — 4 mln 500 ming so‘m yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish (ayni vaqtda 4 mln 50 ming so‘m);
- ruxsatsiz “tonirovka” — 7 mln 500 ming so‘m (ayni vaqtda 6 mln 750 ming so‘m);
- “Tonirovka”dan bir yilda takroran ruxsatsiz foydalanish — 12 mln so‘m (ayni vaqtda 10 mln 800 ming so‘m).