1 martdan AI-80 rusumli avtobenzin 6800 so‘mdan sotiladi
Ai-80 rusumli avtobenzin narxi keskin oshishining oldini olish bo‘yicha belgilangan “nol” stavkadagi aksiz solig‘ining muddati 1 martga qadar amal qiladi.
13 dekabrdan boshlab AI-80 benziniga aksiz solig‘ini bekor qilish natijasida o‘rtacha 6800—7500 so‘mdan 5700—6000 so‘mgacha yoki o‘rtacha 1100 so‘mga arzonlashtirilgan edi.
“O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, 2023 yil 1 martda yuqoridagi tartiblarning amal qilish muddati (imtiyozli davr) yakunlangandan keyin aksiz solig‘i hisoblanishi va birjada narxlarning erkin (o‘sish darajasi cheklanmasdan) shakllanishi hisobiga AI-80 rusumli avtobenzin narxi oshishi kutilmoqda.
Narxlar o‘zgarishi hisobiga “O‘zbekneftgaz” tasarrufidagi AYoQShlarda 1 litr Ai-80 rusumli avtobenzinning chakana narxi mahalliy mahsulot uchun 6800 so‘mdan, import mahsuloti uchun 7000 so‘mdan shakllanadi.