1 noyabrdan alkogol mahsulotlari narxlari oshishi kutilmoqda
- 17.10.2019 14:40
- 213
- O‘zbekiston
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 dekabrdagi “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji sotish va chakana narxlarni joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji sotish va chakana narxlar qayta ko‘rib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilanadi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, alkogol mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji sotish va chakana narxlari quyidagicha belgilangan:
Loyihaga ko‘ra, qaror 2019 yil 1 noyabrdan kuchga kirishi belgilangan.
O‘zA