1 sentyabrdan boshlab o‘zbekistonliklarga ichki turizm xarajatlarining bir qismi qaytariladi
Prezident farmoniga asosan mahalliy turistlar uchun "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" dasturi doirasida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qaytarish ("Cashback") tartibi joriy etiladi.
Sayohat xarajatlarini qaytarish ichki sayohatlarni rejalashtirish va mablag‘larni qaytarish hamda "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" dasturi doirasida taqdim qilinadigan chegirmalar, elektron platforma, shu jumladan uning mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.