1 sentyabrdan nogironligi bor shaxslar uchun protez-ortopediya vositalarini olish yengillashtirildi
- 28.08.2023 14:50
- 40
- O‘zbekiston

2023 yil 1 sentyabrdan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlashda nogironligi bo‘lgan shaxslardan tibbiy xulosa talab qilish bekor qilinadi.
Ma’lumot uchun: 2022-2026 yillarda aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash darajasini 60 foizga yetkazish rejalashtirilgan.