10 tonnadan ortiq yuk sig‘imiga ega transport vositalaridan «yo‘l yig‘imi» olinadi

2024 yil 1 apreldan yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori transport vositalari va tirkamalari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5-10  baravari, ya’ni tabaqalashtirilgan yillik 1,7-3,4 mln so‘m miqdorda «yo‘l yig‘imi» joriy etiladi.

Soliq qo‘mitasining xabar berishicha, ushbu yig‘im puli Transport vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan undirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur yig‘im joriy etilishi natijasida 63 mlrd so‘m mablag‘lar umumfoydalanishdagi yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash uchun yo‘naltiriladi.