12800 yil avvalgi «qiyomat-qoyim»

Suriyaning Abu-Xureyr istiqomatgohi hududida arxeologik qazishmalar olib borgan olimlar 12800 yil muqaddam global halokatdan guvohlik beruvchi shov-shuvli izlarga duch kelishdi, deb xabar beradi «Mir novostey» (2020 yil 11-son).

Halokat Yer atmosferasida ulkan kometa portlashidan sodir bo‘lgan. Muz va metan bilan qoplangan qoya jinsi bo‘laklari qadimgi sivilizatsiyaning kuchli sovushi va mamontlarga o‘xshash hayvonlarning qirilib ketishiga sabab bo‘lgan.

Abu-Xureyrda koinotdan kelgan hayratomuz «qora materiya» qatlami topildi. Uglerod va platinaga boy ushbu topilma millionlab nanobrilli – harorat ta’sirida vujudga kelgan.

2200 daraja haroratda tuproq shisha bo‘lagiga aylangan va butun Abu-Xureyr bo‘yicha sochilib ketgan, hatto eng qiyin eriydigan kremniygacha bor. Yerda vujudga kelgan harorat bir daqiqada avtomobilni eritib yuborishi mumkin bo‘lgan. Hatto hozirgi zamon texnologiyasida bunday haroratga erishish qiyin, yana shunday katta maydonda. Bunday hodisa chaqmoq chaqqanda va hatto vulqon otilganda ham kuzatilgan emas. Qaynab ketgan yer sathida erigan massa hosil bo‘lgan va sovugandan keyin minglab shisha parchalariga aylangan.

Bunday hodisa faqat Yerning katta tezlikda uchib kelayotgan kosmik jism bilan to‘qnashganida ro‘y berishi mumkin. Shishaga aylangan tuproq xrom, temir, nikel, tilan, iridiy bilan boyitilgan temir, boshqa minerallarga boy. Bular Yerga kometada olib kelingan.

Dahshatli kosmik jism minglab portlashlar bilan Yerning har ikkala sharini qoplagan. O‘sha qadimgi halokat insoniyatga qaysi kunda bo‘lsa ham ro‘y berishi mumkinligini eslatadi. Hatto ana shunday halokatda ham inson zoti tirik qolish va yangi sharoitga moslashishga muvaffaq bo‘lgan.

Quyosh sistemasidan tashqaridagi kometalar aql bovar qilmas tortish kuchida orbitalar bo‘ylab sayr qilib yuribdi. Bizga ular olis olamlardan hali yana uchib kelishi mumkinligini anglash qiyin emas. Kometa materiallari Shimoliy va Janubiy yarimsharlarda 14 ming kilometrdan ziyod uzoqlikdagi hududlarda sochilgan. Kometalardan birining ulkan bo‘lagi Abu-Xureyr yonida qulagan. O‘sha paytda ko‘chmanchilar dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun bu yerga ko‘chib kelishgan. Grent-tuproqning shishaga aylangan namunalari Chili janubidagi qazishmalar chog‘ida ham topilgan.

T.MUROD tayyorladi.