Oqova tarmog‘i 50 million dollarga modernizatsiya qilindi

“O‘zbekiston – 2030 strategiyasi”ning alohida uchinchi yo‘nalishi suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq. Global iqlim o‘zgarishi natijasida bugungi kunda mamlakatimizda ham sezilarli darajada suv tanqisligi yuzaga kelmoqda, bu esa oqova suvlarning qayta ishlagan holda qishloq xo‘jaligida foydalanishni taqoza etadi.
Samarqand shahridagi 2 ta oqova suv tozalash inshooti, 3 ta oqova suv nasos stansiyasi, 61 kilometr tarmoqlar 2 bosqichda 50 million AQSh dollari mablag‘i evaziga qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borildi.
Samarqand shahar oqova suv tozalash inshooti qariyb 60 yil qurilgan bo‘lib, avval bir sutkada o‘rtacha 60-70 ming metr kub oqova suv qayta tozalangan. Yangi loiyhaning ishga tushushi natijasida kunlik 140-145 ming metr kub oqovani qayta ishlashga erishilmoqda. Shuningdek, amalga oshirilgan bu loyiha Samarqand shahrida kanalizatsiya tizimida uchrayotgan muammolarni bartaraf qilishga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, qayta tozalash inshootining afzalliklari barcha qurilma va liniyalar kompyuterlashgan, pult orqali amalga oshiriladi. Inshootdagi havzalar markazlashgan boshqaruv xonasida kompyuterlar orqali nazorat qilib boriladi. Agar ushbu tarmoqlarda nosozliklar paydo bo‘lsa, ushbu tarmoq avtomatik tartibda yangi qo‘shimcha liniyalarga o‘zgartiriladi.
Oqova suvlarni tozalash jarayonlari qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan muntazam ravishda monitoring qilib boriladi. Inshootga kelib tushadigan oqovalar birinchi galda mexanik tozalashdan o‘tgandan keyin laboratoriya xodimlari tomonidan namunalar olinadi va eng oxirgi ya’ni kimyoviy zararsizlantirilib qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yo‘naltiriladigan suvlar ham laboratoriyada maxsus tekshiruvlardan o‘tkazilgandan keyin daryo va kanallarga quyiladi. Bu jarayonlar reja jadval asosida inspeksiya xodimlari tomonidan o‘rganilib boriladi.
Mazkur jarayonlar har bir tozalash va zararsizlantirish bosqichlari, inshootning muntazam ravishda me’yor bo‘yicha ishlashi, kimyoviy tozalashda suyuq xlor ishlatilishi oqova suvlardan samarali foydalanish bilan birgalikda hududda epidemiologik vaziyatni barqarorligini saqlashda ham muhim ahamiyatga ega.
Yo. GADOYeV.