13-14 may kunlari Samarqandda madaniyat va do‘stlik festivali o‘tkaziladi

Bu haqda Samarqand shahridagi yoshlar markazida "O‘zbekiston - umumiy uyimiz" shiori ostidagi madaniyat va do‘stlik festivalining viloyat bosqichini yuqori saviyada o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytildi.

Viloyatdagi milliy-madaniy markazlari rahbarlari, shuningdek, korxona-tashkilot, ta’lim muassasalari mas’ul xodimlari ishtirok etgan yig‘ilishda Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov festival doirasida "O‘zbekiston - bag‘rikeng diyor" mavzusida fotoko‘rgazma, viloyatda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining madaniyati, milliy liboslari, urf-odati, taomlari, milliy madaniy markazlar faoliyatini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tashkil etilishini ta’kidladi.

Bahriddin XONKELDIYeV.