13 iyuldan mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar ham to‘xtatiladi
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov ishtirokida karantin cheklovlari bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingdan muhim ma’lumotlar:
⚡️Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan, 10 iyuldan e’tiboran respublika miqyosida qator cheklov choralari o‘rnatilgan. Jumladan:
🚌 10 iyul sanasidan avtobuslar harakati vaqtincha to‘xtatiladi;
🚊 13 iyul, dushanba kunidan mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar ham to‘xtatiladi;
🛩 Kuchaytirilgan karantin tartibi sharoitida faqatgina Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq, xorijiy davlatlardagi fuqarolarimizni vatanga olib kelish bo‘yicha repatriatsion reyslar bajariladi;
🚧 Chegara punktlaridan fuqarolarni karantin hududlariga yetkazish uchun avtobus tashuvlari amalga oshiriladi.
🚂🚌 Shuningdek, karantin muddatini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni reabilitatsiya uchun shifoxonalarga va yashash manzillariga yetkazishda temiryo‘l va avtobuslardan foydalaniladi.
🛫 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan “sariq” va “yashil” toifaga kiritilgan mamlakatlardan charter reyslari kelib tushgan arizalarga muvofiq tashkil etiladi;
🚕 yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lovchi tashishga quyidagi maxsus talablar asosida ruxsat beriladi:
✔️yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi kerak;
✔️haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi) lozim;
✔️faqatgina ikki nafar yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi kerak;
✔️faqatgina avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hudud doirasida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) harakatlanishi shart.