Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

14 mart - Xalqaro daryolar kuni

Bu kun 1997 yilda daryolar va ularning ekotizimi bilan bog‘liq muammolardan xabardorlikni oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Daryolar sayyoramiz hayotida muhim rol o‘ynaydi. Ular bizni ichimlik suvi bilan ta’minlaydi, energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi, ko‘plab hayvon va o‘simliklar uchun yashash joyidir. Biroq, daryolar ham ko‘plab tahdidlarga duchor bo‘ladi, masalan, ifloslanish, qurib ketish, to‘g‘onlar qurilishi...
Turli manbalarga ko‘ra, Yer yuzida 10 milliondan ortiq daryo va soylar mavjud. O‘zbekistondan oqib o‘tuvchi eng yirik daryolar Sirdaryo va Amudaryodir. Bundan tashqari, eng uzun daryolardan biri Zarafshon. Shuningdek, Surxondaryo, Qashqadaryo kabi o‘nga yaqin daryolar bor.