15-22 avgust kunlari yurtimiz telekanallarida profilaktika ishlari amalga oshiriladi
O‘zbekistonda 15-22 avgust kunlari teledasturlarni efirga uzatish qurilmalarida profilaktika ishlari olib boriladi, deya xabar bermoqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati.
«Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUKning texnik qurilmalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda profilaktika ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Profilaktika ishlari munosabati bilan 18 avgust kuni Respublika miqyosida va 19-25 avgust kunlari navbat bilan viloyatlarda soat 01:00 dan 10:00 gacha telekanallarni tarqatishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Profilaktika ishlari o‘tkazilayotgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi. Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz», deyiladi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabarida.