15 yoshli o‘smir o‘zboshimchalik bilan avtomashinani boshqarib, 6 yoshli bolaning o‘limiga sabab bo‘ldi
Joriy yilning 30 may kuni soat 19:30 larda, Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, Ravalliq MFY, Gulshan ko‘chasida, haydovchi 1959 y.t. T.N. (erkak) “Gaz-69” rusumli transport vositasida stol-stullarni, shu ko‘chadagi yashovchi N.Z.ning xonadoniga olib kelgan va mashinani qarovsiz qoldirgan.
Birga kelgan tanishi, 2005 y.t. S.E. (o‘g‘il bola) avtomobilni o‘zboshimchalik bilan haydamoqchi bo‘lib, yurgazib yuborishi natijasida voyaga yetmagan piyoda, shu uyning oldida o‘ynab yurgan, 2014 y.t. B.X.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
Natijada, voyaga yetmagan 6 yoshli B.X. (o‘g‘il bola) og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Sh.Rashidov tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.