1500 nafardan ortiq o‘quvchi "Viloyat hokimi fan olimpiadasi"da qatnashmoqda
Samarqandda o‘tkazilayotgan "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostidagi yoshlar festivali doirasida "Viloyat hokimi fan olimpiadasi" ham bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu fan olimpiadasida viloyatning tuman, shahar maktablaridan saralab olingan eng bilimli va iqtidorli 10-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etyapti.
Olimpiadada qatnashishi lozim bo‘lgan 1576 nafar o‘quvchi yoshlar 14 ta umumta’lim fanlaridan o‘z bilimlarini namoyon etadi. 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Fan olimpiadasi umumta’lim fanlari bo‘yicha Samarqand shahridagi 10 ta oliy o‘quv yurtida bir vaqtda bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan:
👉 SamDUda - ona tili va adabiyot;
Tojik tili va adabiyoti;
Tarix.
👉 ToshDIU SFda - rus tili va adabiyoti
(o‘zbek sinflarda).
👉 SamDTIda - kimyo;
Rus tili va adabiyoti
(rus sinflarda).
👉 "Ipak yo‘li" XTUda - ingliz tili.
👉 ToshDAU SFda - o‘zbek tili va adabiyoti
(rus sinflarda).
👉 SamDAQIda - fizika.
👉 SamDChTIda - nemis tili;
Fransuz tili.
👉 SamISIda - matematika.
👉 TATU SFda - informatika.
👉 SamVMIda - biologiya.