Samarqandda soxta hujjat tayyorlab bermoqchi bo‘lgan firibgar va uning sherigi ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.T. tanishlari orqali fuqaro Sh.ning ukasi va jiyaniga Qozog‘iston Respublikasidagi institutlarning birida 2020 yilning sentyabr oyidan o‘qiyotganligi to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlab berish evaziga 4 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Uning ko‘rsatmalariga asosan tadbir davom ettirilganda, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi M. fuqaro B.T.dan 3 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.