Xitoy oliygohi bilan xalqaro hamkorlikka erishildi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida Shimoliy Xitoy texnologiyalari universiteti prezidenti Chjan Lifen boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi.

Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Delegatsiya vakillari kelgusida ta’lim muassasalari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida professor-o‘qituvchi va magistr almashinuvi dasturi orqali o‘zaro hamkorlik memorandumi imzoladi.
Imzolangan memorandum doirasida “1+1 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturi asosida sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida ta’lim berishga kelishib olindi.
Universitetlar o‘rtasida kelgusidagi istiqbolli rejalar, xususan, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini tashkil etish, qo‘shma ilmiy loyihalar va konferensiyalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhokamalar olib borildi.
Mehmonlar universitet filialida yaratilgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar va laboratoriyalar bilan yaqindan tanishdi.
Shimoliy Xitoy texnologiyalari universiteti bugungi kunga qadar dunyoning 40 ta mamlakatida joylashgan 117 ta universitet bilan xalqaro hamkorlik o‘rnatgan, 80 dan ortiq talabalar almashinuv dasturlari mavjud va bunda 400 mingdan ziyod xalqaro talabalar ishtirok etadi.