TATU Samarqand filialida talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
- 10.03.2023 17:24
- 166
- Ta’lim
Bugun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joyi binosi foydalanishga topshirildi.
400 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur talabalar turar joyining ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimov, TATU rektori Baxtiyor Maxkamovlar ishtirok etdi.
“GULOM XUSEN BUILDING” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda qurilgan ushbu talabalar turar joyi 3 qavatdan iborat bo‘lib, unda kutubxona, madaniyat maskani, “Workout” maydonchasi mavjud. Shuningdek, tadbirkor tomonidan binoda talabalarga turar joy xizmatlari bilan birgalikda qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandning jajji yulduzi
- Bugun, 11:06
- Jamiyat