16 nafar samarqandlik talaba davlat stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo‘yicha tanlov komissiyasining bayoni bilan 2019/2020 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalari tayinlandi.

Samarqand oliy ta’lim muassasalarining 16 nafar iqtidorli talabasi ham davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi. Jumladan, Samarqand veterinariya meditsinasi va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutlarining 4 nafardan, Samarqand davlat universitetining 3 nafar, Samarqand davlat tibbiyot va Samarqand iqtisodiyot va servis institutlarining 2 nafardan, Samarqand davlat chet tillar institutining 1 nafar talabasi Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Ibn Sino va Islom Karimov davlat stipendiyalari sohibi bo‘lishdi.

Sovrindor talabalarga 2019 yil sentyabridan boshlab joriy o‘quv yili davomida davlat stipendiyasi tayinlanadi.

Abduhoshim ZIYoDOV.