17-19 sentyabr Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasiga saylovlar bo‘lib o‘tadi

Xabarlarga ko‘ra, pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda, Davlat Dumasiga saylov 3 kun davom etadi.

Saylovlarda 18 yoshga to‘lgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari ovoz berish huquqiga ega.

Dumaga 450 nafar deputat saylanadi.

Saylovlarda ishtirok etish uchun O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva shahriga jo‘nab ketgan. Aytishlaricha, delegatsiyaga Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev boshchilik qilmoqda.

Delegatsiyamiz Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, MDH Parlamentlararo Assambleyasi va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kuzatuv missiyalari tarkibida saylovlarni monitoring qiladi.