1945 yil 9 avgust kuni “Baqaloq” atom bombasi Nagasakiga tashlangandi: Tirik qolganlar zurriyot qoldirolmadi
1945 yil 6 va 9 avgust kunlari Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga AQSh qurolli kuchlari insoniyat tarixidagi ikkita yagona yadroviy bomba tashlashdi, buning oqibatda 200000 dan ortiq inson halok bo‘ldi.
1944 yili AQSh va Buyuk Britaniya yetakchilari Yaponiyaga nisbatan yadroviy bomba qo‘llash to‘g‘risida muhokamalar o‘tkazishdi. O‘sha vaqtdan boshlab mashhur Manxetten loyihasi ishga tushirildi, buning natijasida super kuchli yadroviy qurol yaratilishiga muvaffaq bo‘lindi.
Urush yakunlangandan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar yadroviy qurolga ega yagona davlat edi. Sobiq Ittifoqqa o‘zining xarbiy qudratini ko‘rsatish va qo‘rqitish uchun ular quroldan foydalanish loyihasini tuza boshlashdi. Yaponiya bu borada mukammal o‘lja edi, chunki o‘zining frontdagi mag‘lubiyatlariga qaramasdan, ular taslim bo‘lishni xohlamayotgan edilar.
“Kichkintoy” deb nomlanuvchi birinchi atom bombasi 1945 yili 6 avgust kuni Xirosimaga tashlandi. Xirosimadan 9 km balandlikda bombardimonchi V–29 shaharning markaziga bombani tashladi. Bombaning qulash vaqti 45 soniyani tashkil qildi. Yerga tushishiga 500-600 metr qolganda “Kichkintoy” rejalashtirilganidek portladi. Bugungi kunda portlash yozib olingan tasma saqlanib qolingan.
Dastlab ikkinchi bombani Nagasakiga emas Kokuruga tashlash rejalashtirilgan. Biroq ob–havo noqulayliklari tufayli rejaga o‘zgartirish kiritilgan.
9 avgust kuni ertalab Amerika bombardimon samolyoti V–29 havoga ko‘tarildi, uning bortida “Baqaloq” atom bombasi bor edi.
Ushbu tadbir komandiri mayor Charlz Suini edi, u o‘z qo‘llari bilan bomba lyukini ochdi. Bomba tushadigan nishon mahalliy stadion edi. Biroq bomba belgilangan nishondan ancha uzoqqa tushdi. Shu sababli qurbonlar soni ancha kam bo‘ldi.
Xirosima va Nagasakida yadroviy bomba portlagandan so‘ng 2 km radiusdagi barcha tirik mavjudod halok bo‘ldi. So‘ng ommaviy yong‘in boshlandi, ular shamol tufayli yanada kuchayardi. Xirosima va Nagasakiga tashlangan bombadan so‘ng insoniyat nurlanish deb nomlangan kasallikka duch keldi. Tirik qolganlar bir qarashda sog‘aygandek tuyulardi, biroq oxir–oqibat baribir vafot etishardi. Tirik qolganlar butun umr har xil kasalliklardan aziyat chekishdi, shuningdek, sog‘lom zurriyod qoldirishga ham qodir emasdilar.
Bekzod Musurmonov tayyorladi.