2 mart - O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lgan kun
Bu bundan roppa-rosa 32 yil avval amalga oshirilgan edi. 1992 yil 2 martda BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ko‘tarildi.
1993 yil 24 avgustda BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi. BMTda O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti haqida qisqacha ma’lumot: BMT — xalqaro tashkilot. U yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.
1945 yilda tuzilgan BMTni barpo etish haqidagi qaror sobiq ittifoq, AQSh, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943 yilda, Ustavi esa San-Fransisko konferensiyasida 1945 yilda qabul qilingan.
BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan. 2000 yilda esa ularning soni 189 taga yetdi.
BMTning doimiy ish o‘rni (shtab kvartirasi) — Nyu-York shahri. Bosh kotib - Antoniu Guterrish.
BMT quyidagi departamentlar va boshqarmalarga bo‘linadi:
• Siyosiy masalalar va Xavfsizlik Kengashi ishlari departamenti;
• Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti;
• Vasiylik va o‘z-o‘zini boshqarmaydigan hududlar departamenti;
• Nazorat boshqarmasi;
• Xodimlar boshqarmasi;
• Bosh kotibning ma’muriy idorasi;
• Ijtimoiy axborot boshqarmasi;
• Konferensiyalarga xizmat qilish boshqarmasi;
• Umumiy xizmat boshqarmasi;
• BMTning Jeneva bo‘limi.
BMTning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari bo‘lib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.