2019 yilda Investitsiya dasturi asosida bog‘chalar qurilishiga qancha mablag‘ sarflandi?

Samarqand viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yilda viloyatimizda investitsiya dasturi asosida 50 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish, rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Ularning 2 tasi yangi qurilish bo‘lsa, qolgan 48 tasida rekonstruksiya ishlaridir. Ushbu dastur asosida 50 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT)ga respublika byudjetidan 144 969,5 million so‘mlik mablag‘ sarflandi.
Viloyat mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan jami 89 195,4 million so‘mlik, jumladan Obod mahalla dasturi asosida 8 ta davlat MTT, «Obod qishloq» dasturi asosida 20 ta MTTlarda 55 163,8 million so‘mlik loyiha qiymati asosida qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Loyiha qiymati 10 904,6 million so‘mlik 142 ta davlat MTTlari joriy ta’mirlandi.
Viloyat hokimi tashabbusi bilan eng og‘ir sharoitda faoliyat ko‘rsatayotgan 115 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olinib, mahalliy byudjet hisobidan 16 829,0 million so‘mlik mablag‘ evaziga sektor rahbarlari va korxona-tashkilotlar homiyligida davlat MTTlar binosining tom qismi, issiqlik tizimi, pol va patolok, ta’mirtalab ichki va tashqi hojatxonalari, yo‘laklari, omborxonalari mukammal ta’mirlandi.
Sektor rahbarlari tashabbusi bilan homiylik asosida 6 298,0 million so‘mlik mablag‘ ajratilib, 4 ta davlat MTTlari mukammal ta’mirlandi.