2019 yilning "Obod qishloq"lari

"Obod qishloq" dasturiga asosan joriy yilda viloyatimizning 14 tumanida 118 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan 42 ta qishloqda qurilish, obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Bular:

Oqdaryo tumanidagi Kumushkent, Temirak, Paxtaobod.

Bulung‘ur tumanidagi Changal-1, Xo‘jamazgil, Yangiariq.

Jomboy tumanidagi Eski Jomboy, Beshbola, Shirinkent.

Ishtixon tumanidagi Azamat, Xalqobod, Bo‘ston.

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Alijon, Mullako‘rpa, Valijon.

Narpay tumanidagi Guliston, Umid, Toshkent.

Nurobod tumanidagi Ulus (Ittifoq), Ulus, Xalqobod.

Payariq tumanidagi Navro‘z, Yangihayot, Olmazor. 

Past Darg‘om tumanidagi Beklar, Oqoltin, Chandir.

Paxtachi tumanidagi Burqut, Taraqqiyot, Shamsinazar.

Samarqand tumanidagi Parrandachilik, Gulobod, Chakka.

Toyloq tumanidagi Olmazor, Navbahor, Xo‘jaqishloq.

Urgut tumanidagi Oqmachit, Tinch­lik, Sariqtepa.

Qo‘shrabot tumanidagi Jo‘sh, Buloqboshi, Zarkent qishloqlari.

Bu qishloqlarda dastur doirasida umumiy uzunligi 437,6 kilometr ichki yo‘llarni ta’mirlash va rekons­truksiya qilish, 1964 dona tungi yoritish ustunlari va umumiy uzunligi 279,9 kilometr bo‘lgan ko‘chalarning tungi yoritish tizimini yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini olib borish belgilangan. Aholiga transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash uchun 73 ta avto­bekat qurilib, 17 ta zamonaviy avtobus xarid qilinadi. Qishloqlarda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun 171,3 kilometr yangi tarmoq, 35 ta suv inshooti quriladi, 31,9 kilometr tarmoq hamda 19 ta suv inshooti ta’mirlanadi. Qariyb 15 mingta yakka tartibdagi, 57 ta ko‘p qavatli uylar, 16 ta maktabgacha ta’lim, 84 ta maktab, 24 ta sog‘liqni saqlash ob’yektlarini qurish va ta’mirlash ishlari olib boriladi. 296 kilometr irrigatsiya va 139,2 kilometr melioratsiya ob’yektlarini qurish va ta’mirlash, 27 kilometrda irrigatsiya ob’yektlarida tozalash ishlari bajariladi.

Bu ishlarni bajarish uchun jami 372,062 milliard so‘m yo‘naltiriladi.