Chilquduqdan shikoyat: “Obod qishloq” dasturidagi ishlar mahallamizni obod qilmadi”
- 05.04.2023 16:31
- 150
- Samarqand
“Samarqand shahar Chilquduq mahallasidan murojaat yo‘llayapmiz. Mahallamizda 2019 yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida obodonlashtirish ishlari olib borilgan edi. Ammo ko‘p ishlar nomigagina bajarildi.
Asosiy yo‘l Samarqand ko‘chasidagi asfalt faqat mashinalar o‘tishi uchun qilingan bo‘lib, chetida suv ketishi uchun ariq ham lotok ham qilinmadi. Piyodalar uchun yo‘lak ham yo‘q. Qilingan asfaltga “uklon” berilmagan, yo‘l sifatsiz qilingan.
2020-2021 yillarda mazkur ko‘chada kanalizatsiya quvurlari tortishdi, ammo u ham sifatsiz. Kanalizatsiya cho‘kib boryapti. Ko‘cha va atrofida suv oqib ketishi muammoga aylangan. Yo‘llar yomonligi uchun bo‘lsa kerak, avtobus qatnovi ham yo‘q, aholi qimmat narxlarda taksilarda ishga qatnaydi”.
Teglar:
Obod qishloq