2020 yilda 4 ta zamonaviy avtostansiya quriladi

2020 yilda Samarqand shahrining chekka nuqtalarida, xususan, Cho‘ponota massivida zamonaviy avtovokzal, shaharning Qorasuv massivi, Samarqand tumanining Chumchuqli, Gulobod, Past Darg‘om tumanining Chortut mahallalarida bittadan avtostansiya quriladi.

Ushbu avtostansiyalarning faoliyat boshlashi natijasida shahar atrofidan kirib kelayotgan yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari shahardagi yo‘nalishlar bilan bog‘lanadi, shu bilan birga yo‘lovchilarga qulaylik yaratiladi, hududda tirbandliklar oldi olinadi.