2020 yilning ilk 18 soatida 1111 nafar chaqaloq dunyoga keldi

2020 yilning  1 yanvar soat 18:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 1111 nafar chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi yilning birinchi kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 572 nafari o‘g‘il bola, 539 nafari esa qiz bola bo‘lib, eng ko‘p bola Samarqand viloyatida (141 nafar) dunyoga keldi.

Shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reytingi bo‘yicha Farg‘ona viloyati (137 nafar) va Qashqadaryo  viloyati (134 nafar) kuchli uchlikni yakunlagan. Tug‘ilganlarning 4 nafari esa  egizaklarni tashkil qiladi. Ayni paytda shifokorlarimiz ularning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha  sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019 yilning 1 yanvar kuni soat 19:00 gacha 1442 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi.