2021 yil Qashqadaryo viloyatida Tadbirkorlikni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi
Qarshi shahrida o‘tgan yig‘ilishda Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
– Qashqadaryoda barcha sohalarda vaziyat tubdan o‘zgarishi shart. Buning uchun viloyatda hamma imkoniyat bor. Hamma uyg‘onishi kerak, – dedi Prezident.
Hokimlarning takliflari va viloyatdagi muammolarning tahlilidan kelib chiqib, tadbirkorlik asosiy yo‘nalish etib belgilandi. 2021 yil Qashqadaryo viloyatida Tadbirkorlikni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi. Bu borada manzilli ishlash uchun tuman va shaharlarga vazirlar, tarmoq va banklar rahbarlari biriktirildi.
Davlatimiz rahbari bugungi bozor talabi va «o‘sish nuqtalari»dan kelib chiqib, tumanlarni muayyan iqtisodiyot yo‘nalishlarga ixtisoslashtirish zarurligini ta’kidladi.