2021 yil Samarqand hayotida: Imom Buxoriy majmuasida rekonstruksiya ishlari boshlandi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan islom olamidagi eng muqaddas qadamjolardan biri Imom Buxoriy majmuasi va uning atrofida qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha loyiha tasdiqlandi. 13 fevral kuni maj­muada O‘zbekiston Musulmonlari idorasi, mutasaddi vazirlik va idoralar mas’ullari, viloyat jamoatchiligi vakillari va oqsoqollar ishtirokida loyihani amalga oshirish oldidan tadbir o‘tkazildi. Loyiha yuzasidan jamoatchilikka batafsil ma’lumot berildi.

15 aprel kuni, muborak Ramazon oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqandga tashrifi davomida mazkur ob’yekt qurilishi boshlandi.

Bu yerda katta masjid, to‘rtta simmetrik minora, baland ayvonlar, yo‘ldan kirib kelishda xiyobon bo‘ladi. Ko‘p sonli ziyoratchilarga zamonaviy qulayliklar yaratish uchun 7 ta mehmonxona, 3 ta avtotururgoh va avtobekat, supermarket, bozorcha barpo etiladi. Shuning­dek, oshxonalar, hunarmandchilik buyumlari rastasi, hammom, tahoratxona, kushxona qurilishi belgilangan.