2021 yil Samarqand hayotida: Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi ochildi

18 oktyabr kuni Samarqand shahri Mir Said Baraka ko‘chasidagi o‘zi yashab, ijod qilgan uyda ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning uy-muzeyi ochildi.
Muzeyda Behbudiy hayoti va ijodi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, o‘sha davr madaniyati, ma’rifati, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shgan ma’rifatparvar olimlarning fotosuratlari, ilmiy asarlari mavjud.
Shuningdek, XX asr boshlariga tegishli noshirlik dastgohi, gazeta va jurnallar nusxalari, arxiv hujjatlari va nodir muzey ashyolari o‘rin olgan.