2023 yilda Samarqand Butunjahon turizm poytaxtiga aylanadi
Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) assambleyasi Bosh kotibi Zurab Pololikashvili Samarqandga tashrif buyurdi.
Yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov kutib oldi.
Ta’kidlash lozimki, 2021 yil dekabr oyida Madrid shahrida UNWTOning 24-sessiyasi bo‘lib o‘tgan edi. Ovoz berish natijasiga ko‘ra, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasi 2023 yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilgan edi.
Bosh kotibi Zurab Pololikashvili tashrif davomida Samarqand shahridagi turizm ob’yektlari, qadimiy inshootlar holati bilan tanishadi.