2023 yilgi futbol bo‘yicha Osiyo kubogi Xitoyda bo‘lib o‘tadi
Ayni paytda Parijda davom etayotgan OFKning navbatdan tashqari kongressida 2023 yil bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi musobaqasi mezboni aniqlandi, deb yozmoqda sports.uz.
Unga ko‘ra 2023 yilgi qit’a birinchiligi Xitoy mamlakatida bo‘lib o‘tishi rasman e’lon qilindi. Qayd etish joiz, Chin o‘lkasi vakillari 2004 yilda ham qit’a birinchiligiga mezbonlik qilgan edilar.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilgi Osiyo Kubogi yanvar oyida o‘tkazilgan bo‘lib, unda Qatar terma jamoasi chempionlikka erishgandi.