2030 yilgacha “Yevro–5” standartiga mos bo‘lmagan avtomashinalardan foylanalish cheklanishi rejalashtirilmoqda
Prezident farmonida 2030 yilgacha yirik shaharlarda kamida “Yevro–5” standartiga muvofiq bo‘lmagan avtomashinalar ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklanishi belgilandi.
Cheklovlar Toshkent va Nukus shaharlarida va viloyatlar markazida 2024 yilning 1 martidan boshlab bosqichma bosqich joriy etiladi.
Ushbu cheklovlarga ostiga “Yevro-5” va undan yuqori standartdagi yoqilg‘ida ishlay olmaydigan eskirgan mashinalar tushadi. Bunga nafaqat sobiq ittifoq davrida ishlab chiqarilgan, jumladan, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Tiko”, “Matiz”, “Damas”, “Neksiya-1”, “Neksiya-2” avtomashinalari ham tushishi mumkin.