21 oktyabr “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun – 21 oktyabr kuni poytaxtimizdagi “Kongress-xoll” saroyida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda bu haqda ma’lum qildi.
O‘zA xabarida aytilishicha, Prezidentimiz 2019 yil 21 oktyabr kuni «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmon qabul qildi. Unga binoan 21 oktyabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi.