25 noyabr - Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni yo‘qotish uchun xalqaro kurash kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 54-sessiyasida 2000 yil 7 fevralda qabul qilingan rezolyusiyasiga binoan har yilning 25 noyabr sanasi Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni yo‘qotish uchun xalqaro kurash kuni, deb e’lon qilingan.
Bundan maqsad butun dunyoda xotin-qizlarning teng huquqliligini ta’minlash, ularga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish, ayollarning huquq va erkinliklarini himoyalashdan iborat.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi xotin-qizlarning uchdan bir qismi o‘z umri davomida loaqal bir marta zo‘ravonlikka duch keladi. Odam savdosi qurbonlarining 71 foizini ham xotin-qizlar tashkil etadi.