32 nafar samarqandlikda koronavirus aniqlandi
2020 yil 25 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 755 (+102) nafarni tashkil etmoqda.
🔴Yangi kasallanish holatlarining 48 nafari Toshkent shahrida, 32 nafari Samarqand viloyatida, 17 nafari Namangan viloyatida hamda 5 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
❗️Ayni paytda yurtimizda 10 472 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.
‼️Hozirda mamlakatimizda 9 174 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.