4 dekabr kuni quyoshning to‘liq tutilishi kuzatiladi, uni ko‘rish uchun odamlar 9 mingdan 50 ming dollargacha pul to‘lamoqda

Bu haqda «Forbes» xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Quyoshning to‘liq tutilishi yangi oy chiqqanida, Oy yulduzni to‘sganida sodir bo‘ladi. Tutilishning asosiy bosqichi janubiy yarimsharda ko‘rinadi, hodisa asosan Antarktida va ushbu qit’a yaqinidagi hududlarga juda yaxshi ko‘rinadi. Shuningdek, Quyoshning qisman tutilishini Atlantika okeanining janubiy qismidagi ayrim orollarda, Janubiy Afrika va Avstraliyada kuzatish mumkin.

Ta’kidlanishicha, Antarktida yaqinidagi bir nechta kruiz kemalarida bo‘ladigan tutilishni 2,5 mingga yaqin odam ko‘radi. Buning uchun ularning har biri 9 ming dollardan to‘lagan. Yana bir kichik guruh odamlar 1 daqiqa 54 soniya davom etadigan tutilishni Antarktidadagi Union muzliklarida joylashgan xususiy Union Glacier Camp lageridan ko‘rishi mumkin. U yerga kirish puli 50 ming dollarni tashkil qiladi.