4-sektor rahbari Samarqand tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Samarqand tumani 1-sektor shtabida viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari A.Inag‘omovning “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga olingan fuqarolar uchun sayyor qabuli o‘tkazildi.
Qabulda Samarqand tumani hokimi N.Mavlonov, sektor rahbarlari va tuman mutasaddilari ham ishtirok etdi.
Qabul davomida asosiy e’tibor murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish, mas’ul rahbarlarni muammoning yechimi bilan shaxsan shug‘ullanish bo‘yicha biriktirishga qaratildi.
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga olingan fuqarolarga motokultivator, tikuv mashinasi, pishiriq pechlari bepul tarqatildi. Shuningdek, fuqarolarning nogironlik aravachasi so‘rab qilgan murojaatlari joyida qanoatlantirildi.
A.Inag‘omov tuman 1-sektor shtabida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.