4 sotix yerdan 10 million so‘m daromad
- 01.03.2019 13:34
- 128
- Iqtisodiyot
Samarqand tumanidagi Dehnav mahallasida yashovchi Dilbar Bo‘ronova tomorqadan unumli foydalanish sir-asrorlarini yaxshi o‘zlashtirgan. Tadbirkor ayol 4 sotix maydonga issiqxona qurib, limon parvarishlamoqda. Shuningdek, u qishning qirovli kunlarida issiqxonaga ko‘kat ekib, ancha daromad qildi.
– Bu ishga qo‘l urganimizga yetti yil bo‘ldi, – deydi Dilbar opa. – Ayni paytda limon oralariga rediska ekdik. Uning hosilini olishimiz bilan pomidor va bodring ekib, ichki bozorga chiqarish niyatidamiz. Issiqxonadan bir yilda 3 marta hosil olinadi. Astoydil mehnat qilinsa, yetishtirilgan mahsulotlar 10 million so‘mdan ortiq daromad keltiradi.
Teglar:
tomorqa
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Vazir va hokim IT Park qurilishi bilan tanishdi
- Bugun, 14:49
- Jamiyat
“Meni dadam olib ketyapti...”
- Kecha, 23:14
- Ta’lim
Oilangiz bilan qachon sayohatga chiqqansiz?
- 23/05, 14:59
- Sayohat