Tomorqasidan "xazina" topgan ayol
- 28.04.2025 10:20
- 42
- Qishloq xo'jaligi
Past Darg‘om tumuni Mirzato‘p mahallasida yashovchi Norbiyi Imomova tomorqadan unumli foydalanib, yiliga 20 million so‘m daromad qilyapti.
Norbiyi opa nafaqada, ammo mahallada u kishining tomorqachilik madaniyatiga ko‘plarning havasi keladi. Hovlisida barpo etilgan 2 sotixli issiqxonadan yiliga uch marta hosil olishni yo‘lga qo‘ygan.
- Uy-joydan tashqari 6 sotix yerimiz bor, - deydi Norbiyi Imomova. - Tomorqaga 2 sotixli issiqxona qurganmiz. Hozirgi paytda u yerga sabzi ekilgan. May oyining oxirlarida to‘liq yetiladi. Nasib bo‘lsa ularni bozorga chiqarib sotamiz. Sabzini o‘rniga bodring ekiladi. Oktyabr oyining oxirida bodringni joyiga sarimsoq ekib parvarishlaymiz.
Tomorqaga ekiladigan pomidor, bulg‘or qalampiri, baqlajon kabi ko‘chatlarni bozordan sotib olmaymiz. Aksincha, o‘zimiz yetishtirib ehtiyojdan ortganini bozorga chiqaramiz.
Yil davomida tomorqa bizni boqadi. Shuning ortidan uyimizni ta’mirladik, farzandimga mashina sotib oldik.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tramp va Zelenskiyning Vatikanda uchrashdi
- 35 daqiqa avval
- Xorij
Uy-joy uchun subsidiya: Asosiy va muhim jihatlar
- 37 daqiqa avval
- Iqtisodiyot
Tomorqasidan "xazina" topgan ayol
- Bugun, 10:20
- Qishloq xo'jaligi
Do‘stning qarori
- 27/04, 06:57
- Mutolaa