522 bemordan 8 nafarining ahvoli og‘ir

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga chalingan bemorlar haqida ma’lumot berdi:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus infeksiyasi yuqtirgan fuqarolar soni 2691 nafarga yetdi. Ularning 2158 nafari, ya’ni 80 foizdan ortig‘i to‘liq sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda davolanayotgan 522 bemordan 8 nafarining ahvoli og‘ir. 48 mingdan ko‘proq fuqaro karantin muddatlarini o‘tayapti. Oxirgi bir kunda 15 mingdan, kasallik qayd etilgan kundan bugunga qadar esa 474 mingdan ko‘proq holatda laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazildi.

Karantin tadbirlari davom etyapti. Unga rioya etish har birimizning vazifamiz sanaladi. Uzoq xorijiy va yaqin qo‘shni davlatlardagi epidemik vaziyatning murakkablashib borayotgani barchamizga saboq bo‘lishi kerak!