528 nafar kasaba uyushma xodimiga saxovat ko‘rsatildi

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat tarmog‘i tomonidan Ramazon hayiti munosabati bilan bir qator xayrli ishlarni amalga oshirdi.

Mehnat faxriylariga g‘amxo‘rlik qilish, ishchi-xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, faol kasaba uyushma a’zolari va faxriylar hamda ishchi texnik xodimlarni rag‘batlantirish, ularga yordam berish maqsadida tizimdagi tashkilot va muassasalarda ishlab kelayotgan xodimlarning 528 nafariga 316 mln 800 ming so‘mlik moddiy yordam pullari, sovg‘alar berildi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan og‘ir betob bo‘lib yotgan, yakka yolg‘iz, keksa qariyalardan 54 nafarining holidan xabar olindi, ko‘p bolali, yashash sharoiti og‘ir oila vakillarining 32 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Iftixor Rahimov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi    Respublika Kengashining Samarqand viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi.