61,54 gramm zargarlik buyumlari ushlab qolindi

Samarqand xalqaro aeroportiga “Vnukovo-Samarqand” aviareysi bilan uchib kelgan yo‘lovchiga tegishli bagaj va qo‘l yuklarida shubhali buyumlar borligi bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi.

Xodimlar yo‘lovchining sumkasidan bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan hamda bojsiz olib kirish me’yoridan ortiqcha, taxminiy qiymati 61,5 million so‘mlik, og‘irligi 61,54 gramm zargarlik buyumlari borligini aniqlashdi.

Holat yuzasidan bojxonachilar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi hamda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bojxona boshqarmasi axborot xizmati.