70 million so‘mlik aliment qarzi qamoqqa yetakladi
Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi ish yurituviga jomboylik B.A.dan sobiq turmush o‘rtog‘i O.L. foydasiga ikki farzand ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushgan.
Bu haqida sud qarori chiqqan bo‘lishiga qaramay, yillar davomida ota o‘z majburiyatini bajarishdan bo‘yin tovlab kelgan. Natijada, qarzdorlik hajmi 70 million so‘mdan oshib ketgan.
Qarzdorga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-(4)-moddasi asosida ish qo‘zg‘atilib, 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.