8-9 noyabr kunlari “Samarkand Marathon-2025” an’anaviy xalqaro xayriya marafoni bo‘lib o‘tadi

Samarqand shahrida o‘tkaziladigan marafonda 40 ga yaqin davlatdan 8 ming nafardan ziyod ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

Musobaqa dasturiga ko‘ra, dastlab “KIDS RUN” yo‘nalishida 3 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida 60, 300, 600 va 1000 metr masofalarga poygalar tashkil etiladi.
Marafonning asosiy bellashuvlarida ishtirokchilar 5, 10, 21.1, 42.2 kilometr masofalarni bosib o‘tadi.
42.2 kilometrlik bellashuv uchun homiylar tomonidan pul mukofoti ta’sis etilgan bo‘lib, birinchi o‘ringa 30 million so‘m, ikkinchi o‘ringa 25 million so‘m va uchinchi o‘rin uchun 20 million so‘m beriladi.
Marafon doirasida turli yosh toifasida va imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida ham poygalar tashkil etiladi.